Mehnati bilan ulugʻ boʻlgan ona

20:59 26 Noyabr 2025 Jamiyat
144 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Har bir yurtning bunyodkor qahramonlari boʻladi. Ular shuhrat, dabdaba ortidan quvmaydi… Faqat halol mehnati bilan yurtiga baraka, atrofidagilarga mehr ulashadi. Uchqoʻrgʻonlik Gulxumor Togʻayeva ana shunday zamondoshlarimizdan biri.

Tong yorishmasdan dalalariga yoʻl oladigan bu ayol 70 yoshni qarshilagan boʻlsa-da, gʻayrati va shijoati hali ham yoshlarcha. Bir vaqtlar 26 gektar yerdan boshlangan faoliyati bugun ming gektardan ziyod hosil berayotgan katta xoʻjalikka aylangan. Bu yerda gʻalla ham, paxta ham, bogʻ ham, sabzavot ham, issiqxona ham bor. Hatto baliq ham yetishtiriladi.

Ammo eng muhimi, ming nafardan ziyod qishloqdoshining uyiga doimiy rizq-nasiba berilayotgani. Gulxumor opa mehnatining asl barakasini shu deb biladi.

Bir oʻgʻil, ikki qizi, toʻqqiz nabira — unga kuch, unga tayanch. Oʻgʻli Jasurbek esa onasiga doimo yelkadosh.

Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” ijodkorlari Namangan viloyatida boʻlganida shukur va mehnatni bir umr dastak qilib yashayotgan Gulxumor Togʻayeva samimiy suhbat qurdi va uning orzu-maqsadlari bilan qiziqdi.

Batafsil ushbu havolaga biriktirilgan videolavhada tanishishingiz mumkin!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер