Toshkent va 5ta viloyatdagi metan to‘ldirish shoxobchalarining yarmidan ko‘prog‘i yopildi

12:46 13 Dekabr 2023 Jamiyat
306 0

Aholi iste’molchilarida uzilishlarni oldini olish maqsadida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar kiritildi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy saytida ma’lum qilingan.

«Aholi iste’molchilarida uzilishlarni oldini olish maqsadida bugun poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi AGTKSHlarning faoliyatida qo‘shimcha cheklovlar kiritildi. Hozirgi vaqtda belgilangan grafik bo‘yicha 1179 tadan 547 AGTKSH ish faoliyatida» deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq hududlarda gaz to‘ldirish shoxobchalarining ish vaqti 06:00dan 12:00gacha qisqartirilgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?