Toshkent shahrida jamoat transporti xizmatidan foydalanuvchilar soni ortmoqda
Yangi avtobus va elektrobuslar xarid qilinishi tufayli Toshkent shahrida avtobus yoʻlovchilari soni keskin oshdi. Joriy yil may oyida yoʻlovchi tashuvlari kunlik 782 ming nafarni tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 63 foizga oʻsdi.
Ushbu davrda kunlik 1330 ta avtobus yoʻnalishga chiqarilgan boʻlsa, oʻtgan yili ushbu koʻrsatgich 806 tani tashkil etgan (+40 foiz).
Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Toshkent shahri yoʻlovchilari uchun 400 ta yangi avtobus va elektrobuslar yoʻnalishlarga chiqarilgan edi. Ular orasida oʻta katta sigʻimli 114 ta 18 metrlik avtobuslar, 169 ta Yutong elektrobuslari hamda 117 ta gazda yuradigan katta sigʻimli Yutong avtobuslari bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring