Toshkent shahrida Turk bogʻi tashkil etilishi mumkin
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Shavkat Umurzakov oʻzbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu davlatlarimiz rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini taʼkidladi. Hamda bunda turk diplomatik korpusining ham xizmati beqiyosligini eʼtirof etdi.
Olgan Bekar esa qabul uchun minnatdorlik bildirib, uning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini maʼlum qildi hamda avval muhokama qilingan masalalar – Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent koʻchalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bogʻini tashkil etish boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida taraflar oʻzaro muloqotni davom ettirish hamda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring