Toshkent shahar “103” xizmatiga chaqiriqlar soni oshyaptimi?

Tahlillarga koʻra, joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida shahar tez tibbiy yordam xizmati “CALL-markazi”ga jami 910 ming 294 ta chaqiriq kelib tushdi.
Shundan 30 ming 271 tasini koronavirus infeksiyasiga chalinganligi gumon qilingan, pnevmoniya belgilari kuzatilgan va “COVID-19”ga topshirgan PZR testi musbat natija bergan katta yoshli bemorlar, 2 ming 204 tasini esa 18 yoshgacha boʻlgan bolalar tashkil etdi.
Ayni kunlarda shahar “103” xizmatiga bir kunda oʻrtacha 3100 — 3400 ta chaqiriq kelib tushmoqda.
Xususan, 4 — 14-oktabr kunlari jami chaqiriqlar soni 46 ming 879 tani tashkil etdi. Shundan pnevmoniya belgilari kuzatilgan va koronavirusga topshirgan PZR testi musbat natija bergan 779 nafar katta yoshli bemor va 44 nafar bolaga sifatli tez tibbiy yordam koʻrsatildi.
Taqqoslash uchun aytsak, oʻtgan yilning ayni shu davrida jami chaqiruvlar soni 36 ming 481 ta tashkil etib, koronavirusga topshirgan PZR testi musbat natija bergan 641 nafar katta yoshli bemor gospitalizatsiya qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring