Toshkent metrosidagi yana 7 ta bekat vaqtincha yopiladi
Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishidagi “Quruvchilar” — “Yangiobod” bekatlari oraligʻida metro poyezdlari harakati vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari va bekatlar oraligʻi bir necha yildan buyon yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.
Shu munosabat bilan Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda. Navbatdagi ishlarni amalga oshirish uchun shu yilning 28-iyun sanasida boshlab, “Quruvchilar (12-bekat) — Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oraligʻida metro poyezdlar harakati vaqtincha toʻxtatiladi.
Toshkent metropoliteni yoʻlovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi katta sigʻimli avtobuslar (metrobus) harakati yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring