Toshkent koʻchalaridan yana birida harakat vaqtincha cheklandi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Turkqoʻrgʻon koʻchasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, poytaxtning KHAY koʻchasi boʻylab Turkqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Xurshida koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismida 35 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 13-aprelidan 25-apreligacha Turkqoʻrgʻon koʻchasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi. Qayd etilishicha, harakat har ikki yoʻnalishda yoʻlning bitta tomoni orqali amalga oshiriladi.
“Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr soʻrab, aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent shahrida yirik sport tadbirlari oʻtkazilishi sababli Yangi Oʻzbekiston koʻchasida hamda unga tutash koʻchalarda avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanishi xabar qilingan edi. Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek tumanida kabel liniyalarini oʻtkazish ishlari boshlangani munosabati bilan, Sultoniya koʻchasining Buyuk Ipak yoʻli chorrahasidan to Sultoniya 5-tor koʻchasigacha boʻlgan qismida 10-apreldan 30-aprel soat 17:00 gacha transport harakati qisman cheklangandi.
2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari munosabati bilan esa Mirzo-Ulugʻbek tumani — KHAY boʻylab “Crafers” zavodi yaqini va 99-maktab hududi (KHAY va Oqqurgon koʻchasi kesishmasi)dagi avtomobil yoʻlining bir boʻlagida harakatlanish imkoniyati 11-aprelidan 1-mayigacha cheklangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring