Toshkentda xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda – Fotoreportaj

17:47 17 Aprel 2024 Jamiyat
281 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

28-Toshkent xalqaro tibbiyot ko'rgazmasi 2024-yil 16-18-aprel kunlari Uzekspomarkaz"ning 1, 2, 3, 4-pavilonlarida bo'lib o'tmoqda.

Bugungi kunda aholi salomatligini muhofaza qilish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasida islohotlar o 'tkazilmoqda, moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda, kasalliklarni tashxislash va davolashning ilg'or usullari keng joriy etilmoqda.

Toshkent Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasining hamjamiyatidagi roli juda muhim, chunki ko'rgazma zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar, ilg'or davolash va diagnostika usullari bilan tanishish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.  Bu har yili o'sib borayotgan ko'rgazmaning ishtiroki va tashrifi ko'rsatkichlaridan dalolat beradi.

Mazkur ko‘rgazmadan o‘rin olgan tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya uskunalari, farmatsevtika, stomatologiyadan tashqari tibbiy turizm, go‘zallik va sog‘liq bo‘limlari ham ishtirokchilar e’tiborini tortdi. 

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

 

 

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?