“Toshkent” xalqaro aeroportida avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi
Test rejimida Toshkent xalqaro aeroportining joʻnab ketish terminali oldida Oʻzbekistonda birinchi boʻlib 333 ta avtoturargohga moʻljallangan toʻliq avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi. Bu inson aralashuvisiz ishlaydigan birinchi avtoturargoh.
Avtoturargoh tizimi avtomobillarning davlat raqamlarini mustaqil ravishda eslab qoladi hamda kirish/chiqish va toʻlovlarni qabul qilish imkonini beradi. Haydovchilarga toʻxtash joyi uchun toʻlov amalga oshirishning ikki usuli taklif etiladi.
Avtomashina raqamini avtomatik identifikatsiyalangan taqdirda, toʻxtash joyi uchun toʻlov maxsus avtoturargoh hisoblagichi orqali naqd pulda yoki QR kod yordamida amalga oshirilishi mumkin. Toʻlovni amalga oshirish uchun mashina raqami terminalga kiritiladi, shundan soʻng toʻlov miqdori parkometr displeyida paydo boʻladi. Agar mashinaning raqamini avtomatik ravishda aniqlash imkoni boʻlmasa, avtoturargohga kirishda oʻrnatilgan terminaldan maxsus chiptani olib, chiqishda ushbu chipta yordamida toʻlov amalga oshirish lozim.
— “Uzbekistan Airports” avtoturargohlarini rekonstruksiya qilish doirasida “K2” kompaniyasidan Yaponiyaning “Amano” brendidagi avtoturargoh uskunalari xarid qilindi va oʻrnatildi. Toʻliq integratsiyalashgan tizim butun jarayonni — kirish, chiqish va toʻlovni avtomatlashtirish imkonini beradi. Oʻzbekistonda bugungi kunda bunday yechimlar, ayniqsa, toʻlovdan soʻng mijozga avtomatik ravishda qaytim beradigan tizimlar hozirda yoʻq. Hozirda tizim test rejimida ishlamoqda. Shu bilan birga, avtomobil raqamlarining qoʻshimcha shablonlarini qoʻshish, toʻlov usullarini toʻldirish boʻyicha baʼzi texnik nyuanslar yakunlanmoqda, shuningdek, avtomobil haydovchilarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish ustida ham ish olib borilmoqda, — dedi IT departament direktori Kirill Lavrik.
Ayni paytda barcha yangi va eski banknotalar, qaytimni olish imkoniyati bilan, toʻlovga qabul qilinadi. Shu bilan birga, Payme toʻlov tizimi yordamida QR-kod orqali toʻlovni amalga oshirish mumkin. Yaqin vaqt ichida boshqa toʻlov tizimlari, shuningdek, Visa, Mastercard, Humo va UzCard bank kartalari orqali toʻlovlar amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi. Shuningdek, mobil ilova bilan avtoturargohning integratsiyalashuvi ham yakunlanmoqda, bu esa avtomobildan chiqmasdan toʻlovni amalga oshirish imkonini beradi.
— Inson omilisiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan avtoturargohning ishga tushirilishi nafaqat qulaylik va yangi texnologiyaalr, bugungi kunda ularsiz hech qanday soha rivojlana olmaydi, balki korrupsiya va poraxoʻrlikdan xalos boʻlish imkonini beruvchi muhim qadamdir. Tizimning ikki kunlik ishlashi natijasida olingan maʼlumotlarga koʻra, haydovchilarning 99 foizi avtoturargoh uchun naqd pulda toʻlov amalga oshiradi, bu esa mablagʻlarning noqonuniy chiqib ketish imkoniyati kattaligidan dalolat beradi. Avtomatlashtirish korrupsiya faktini butunlay istisno qiladi - terminal bilan “kelishib” boʻlmaydi va u daromadlarni yashirmaydi. Toʻliq moliyaviy shaffoflik, — dedi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.
Bu avtoturargohlarni avtomatlashtirishga qaratilgan birinchi qadam. Ayni paytda ikkinchi avtoturargohda – kelish terminali oldida uskunalarni oʻrnatish va sozlash ishlari olib borilmoqda. Kelgusida poytaxt aeroportining qolgan avtoturargohlari ham toʻliq avtomatlashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring