Toshkent fotosuratlar uyida Pokiston mustaqillik kuniga bagʻishlangan koʻrgazma ochildi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida Pokiston mustaqilligining 76 yilligiga bagʻishlangan “Goʻzal Pokiston” nomli koʻrgazma ochildi.
Ekspozitsiya Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan Pokiston elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimida SHHT Xalq diplomatiyasi markazi, Pokiston elchixonasi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Transport vazirligi vakillari, ijodiy hamjamiyat, Toshkentda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Ekspozitsiyada Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni aks ettiruvchi boy badiiy syujetli 80 dan ortiq suratlar namoyish etilmoqda. Shuningdek, suratlarda Pokiston tarixi, meʼmorchiligi, sanʼati va tabiatining oʻziga xosligi aks ettirilgan boʻlib, ular ushbu mamlakatning yorqinligini namoyish etadi.
Koʻrgazma 11-avgustga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring