“Toshkent” aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida qahvaxona ochildi
“Toshkent” xalqaro aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida “Mooz Coffee” kafesi ochildi. Yangi ovqatlanish punkti uchib ketish zalining "steril" hududida joylashgan bo'lib, kechayu kunduz ishlaydi. Qahvaxona menyusida issiq va sovuq ichimliklar, pishiriqlar, shirinliklar, sendvich va salatlar mavjud.
“Toshkent aeroportida filialimizning ochilishiga tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilar uchun vaqt va qulaylik eng muhimi ekanligini hisobga oldik. Vaqtni tejash tamoyiliga qat'iy rioya qilgan holda ishlaydigan malakali kadrlarni tanladik, menyuni ham o'zbekistonliklarning, ham xorijlik sayyohlarning didi va ehtiyojlari xilma-xilligini hisobga olgan holda ishlab chiqdik va moslashtirdik, bortga olib chiqish mumkin bo'lgan qulay va xavfsiz idishlarni tanladik. Endi esa katta quvonch bilan yo‘lovchilarni poytaxt aeroportida kutib olishga tayyormiz”, — dedi Mooz Coffee vakili.
Mooz Coffee — Qozog'istondagi mashhur qahvaxonalar tarmog'i. Brendning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Comfort Development kompaniyasi bo‘lib, u Toshkent aeroportidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etish uchun auksionda g‘olib chiqqan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring