Toshkent aeroportida janjal koʻtargan Rossiya fuqarosi qamaldi

23:01 13 May 2024 Jamiyat
163 0

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgan 39 yoshli erkak Toshkent – Moskva yoʻnalishida uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan reys bortida jamoat tartibini buzib, ekipaj aʼzolarini haqorat qilgan.

Kecha, 12-may kuni Toshkent – Moskva yoʻnalishida uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan reys bortida mast holatda janjal chiqargan va ekipaj aʼzolarini haqorat qilgan. Bugun, 13-may kuni xorijlik huquqbuzarga 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu xabarni Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov “Xalq soʻzi”ga tasdiqladi.

Obidovning maʼlum qilishicha, 12-may kuni soat 15:40lar atrofida Rossiya fuqarosi – 39 yoshli A.M. spirtli ichimlik taʼsirida Toshkent–Moskva yoʻnalishida uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan reys bortida janjal koʻtargan. U jamoat tartibini buzib, ekipaj aʼzolarini haqorat qilgan.

Shundan soʻng, A.M.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismlariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Sergeli sudiga taqdim qilingan.

Sud qarori bilan Rossiya fuqarosiga nisbatan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, shuningdek 340 ming soʻm miqdorida jarima tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?