Toshkent aeroportida terminalning yangi qismi ochildi

11:05 18 Fevral 2023 Jamiyat
597 0

“Toshkent” xalqaro aeroportida 2640 kv.m maydondagi “steril” zonaning chap qismi tantanali ravishda ishga topshirildi.

Yangi hududda yana bir Duty Free doʻkoni va “Art Bazaar” savdo pavilyoni ochildi. Bu yerda hunarmandlar, milliy gastronomiya, gadjetlar va xalqaro sim-kartalar, zargarlik buyumlari, bolalar ovqatlari, shirinliklar, dorixona va kafe-bar mavjud.

Shuningdek, “steril” zonada elektron qurilmalarni quvvatlantirish imkoniyatiga ega birinchi “coworking-corner” tashkil etildi. 

Yaqin kelajakda terminalning turli joylarida yana bir nechta shunday burchaklarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Mart oyi oxiriga qadar steril zonadagi yana bir blok foydalanishga topshiriladi, u yerda kapsulali mehmonxona, hammom, tahorat va namoz oʻqish xonalari hamda “Anjir” biznes zali faoliyat yuritadi. 

Bu mutlaqo yangi inshoot boʻlib, aeroport majmuasini yana 875 kv.m ga kengaytirib, xalqaro va transfer yoʻlovchilari uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?