“Toshkent” aeroportida samolyotlar toʻxtash joylarini kapital taʼmirlash ishlari boshlandi
Toshkent aeroportining aerodrom majmuasini taʼmirlash ishlari davom etmoqda. Xususan, B1-B5 va B11-B17 samolyot turarjoylarini, shuningdek, RD-B yurish yoʻlini kapital taʼmirlash ishlari boshlandi. Kapital taʼmirlash doirasida sunʼiy qoplama mustahkamlanadi.
“Bu joyda oxirgi marta taʼmirlash ishlari 2000-yillarda amalga oshirilgan. Foydalanish muddati uzoq boʻlganligi sababli taʼmirlashni talab qiluvchi nuqsonli joylar shakllangan”, — deya izoh berildi “Uzbekistan Airports”ning parvozlarga aerodromda texnik taʼminot koʻrsatish boʻlimida.
Taʼmirlanayotgan asfalt va beton aralashmasining umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida Toshkent aeroportining ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi toʻliq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring