Toshkent aeroportida yoʻlovchilarni kutib olish uchun bir nechta zonalar paydo boʻladi

15:06 09 Fevral 2023 Jamiyat
503 0

“Uzbekistan Airports” yoʻlovchilarni kutib oluvchilar uchun “Toshkent” xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi P2 va P3 avtoturargohlarida ikkita yangi hudud qurishga qaror qildi. Yoʻlovchilar oqimining jadal surʼatlarda oʻsib borayotgani munosabati bilan, yaqinlari va doʻstlari bilan uchrashish uchun kelganlarga uchib kelish terminalida ajratilgan hudud yetarli boʻlmay qoldi.

“14-yanvardan boshlab qattiq sovuq tufayli respublika aeroportlari aerovokzal binosiga odamlarni kutib olish uchun ruxsat oldi. Ilgari takidlanganidek, 2018-yilda qurilgan uchib kelish zali xalqaro standartlarga javob bermaydi, u yerda kutib oluvchilar uchun joy ajratilmagan. Bir necha kun ichida biz bojxona zonasini kutib olish zonasidan ajratish choralarini koʻrdik. 400 kv.m. maydon har kuni aeroportga yaqinlarini kutib olishga kelganlar uchun juda torlik qildi. Odamlarning koʻpligi kutib oluvchilar uchun ham, «jonli” yoʻlakdan oʻtishga majbur boʻlgan yoʻlovchilar uchun ham noqulayliklar tugʻdirdi. Yoʻlovchilar va xavfsizlikni taʼminlovchi xizmatlardan juda koʻp shikoyatlar kelib tushdi. Bu vaqt davomida biz kutib oluvchilar uchun yangi hudud loyihasi ustida ishladik. Ammo, birgina bino vaziyatni sezilarli darajada oʻzgartirmasligini anglab yetdik», — dedi “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.

Taxminan, mart oyining oxiriga qadar umumiy maydoni qariyb 1400 kv.m boʻlgan ikkita shunday hudud quriladi - biri mavjud soyabonlar oʻrniga, ikkinchisi - ketish va kelish zallari oraligʻidagi R2 avtoturargohida. Yaqin kunlarda aeroport oldi maydonida qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?