Toshkent aeroportida bolalar ekskursiyasi uchun mingdan ortiq ariza qabul qilindi
15-iyundan 20-iyunga qadar “Uzbekistan Airports” tomonidan Toshkent aeroporti boʻylab bolalar ekskursiyasi uchun 1000 dan ortiq arizalarni qabul qilindi. Barcha arizalar koʻrib chiqildi va guruhlarga boʻlinadi. 100 kishidan iborat birinchi guruh 2023-yil 26-iyun kuni aeroportga tashrif buyurishadi. Qolgan ishtirokchilar tasdiqlangan jadval boʻyicha ekskursiyaga tashrif buyurishadi.
“Biz bunchalik koʻp arizalarni kutmagan edik. Balkim, bu hamma uchun birinchi ochiq ekskursiya boʻlgani uchundir. Birinchi kunning oʻzida elektron pochtaga 300 ga yaqin xatlar kelib tushgan. Bu juda katta raqam. Lekin biz qabulni toʻxtatmadik va toʻgʻri ariza topshirgan har bir kishi uchun ekskursiya oʻtkazishga qaror qildik. Bu bitta yoki hatto ikkita ekskursiya boʻlmasligi aniq edi. Biz ilgari xodimlarning farzandlari uchun shunga oʻxshash tadbirlarni oʻtkazdik va bilamizki, bolalarning optimal soni yuzdan oshmasligi kerak. Shu kunlarda barcha murojaatlarni saralab, guruhlarga boʻlib, jadvalni tasdiqladik”, — deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.
Arizani yuborganlarning barchasiga ekskursiya sanasi va vaqti, shuningdek, aeroportda tadbirni oʻtkazish dasturi va qoidalari koʻrsatilgan javob xati beriladi. Ekskursiya davomida bolalarga roʻyxatdan oʻtish joyidan tortib, bagajni samolyotga ortishgacha boʻlgan ishlar koʻrsatiladi. Yakuniy bosqichda samolyot namoyishi boʻladi – bolalar salonga kirishlari, bagaj boʻlimini va hatto ekipaj ish joyini koʻrishlari mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring