Toʻrtta metro bekatida yopiq turgan vestibyullar ochiladi
Foto: Toshkent metropoliteni
Toshkent metropolitenining toʻrtta bekatidagi yoʻlovchi oqimi kamligi sababli uzoq yillar davomida yopiq turgan vestibyullari ochiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yoʻlovchi oqimining ortib borayotgani hamda poytaxt aholisining talab va istaklarini inobatga olgan holda, uzoq yillar davomida yopiq boʻlgan “Oʻzbekiston”, “Mashinasozlar”, “Gʻafur Gʻulom” va “Milliy bogʻ” metro bekatlarining bir tomon kirish (vestibyul) qismlarida texnik yangilash ishlari amalga oshirilgan.
Hozirga kelib esa ushbu vestibyullarda barcha texnik jarayonlar yakunlanib, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan. Mazkur vestibyullar ertaga, 11-dekabrdan boshlab yoʻlovchilar uchun qayta ochiladi.
“Toshkent metropoliteni yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishda davom etadi!” deyiladi korxona matbuoti xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring