Toʻqimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi boshlanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar uchun barcha mobil toʻlov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod beriladi. Bu haqda Prezidentning tadbirkorlar bilan oʻtayotgan ochiq muloqotida maʼlum qilindi.
Yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha boʻlgan barcha tadbirkorlar kelasi yil 1-yanvardan bir xil, yaʼni aylanmadan 1 foiz soliq toʻlashga oʻtkaziladi.
Masalan, hozir aylanmasi 100 million soʻmgacha boʻlgan yakka tadbirkor yillik 12 million soʻmgacha qatʼiy soliq oʻrniga koʻpi bilan 1 million soʻm toʻlaydi. Yoki aylanmasi 100 milliondan 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.
“Umuman, yaratilayotgan sharoitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion soʻm, tasavvur qilyapsizlarmi, 1 trillion soʻm qolyapti. Bu – kichik biznes uchun qoʻshimcha resurs, yakka tadbirkorlar oʻz biznesini keyingi bosqichga olib chiqishi uchun yana bir imkoniyat”, dedi Prezident.
Oʻtgan hafta 200 dan ortiq toʻqimachilik korxonalari vakillari bilan uchrashilib, sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 7 trillion soʻmlik tashabbuslar eʼlon qilindi.
Tez kunlarda toʻqimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi boshlanib, eksport oldi moliyalash tizimi yoʻlga qoʻyiladi va buning uchun 200 million dollar yoʻnaltiriladi.
Bu elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari toʻliq ishga solinmagan sohalar uchun ham joriy etiladi.
Ushbu sohalardagi tadbirkorlarni aylanma mablagʻi uchun 500 million dollar beriladi.
Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdosh 10 tadan mahsulotiga “Oʻzbekiston ramzi” sifat belgisini berib, ularni dunyoga tanitish uchun katta targʻibot kampaniyasi boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring