Toqayev Qozogʻistonning yangi Konstitutsiyasi boʻyicha referendum oʻtkazish haqida farmon imzoladi

20:57 11 Fevral 2026 Dunyo
430 0

Qasim-Jomart Toqayev 15-mart kuni mamlakatda yangi Konstitutsiya loyihasi boʻyicha respublika referendumini oʻtkazish haqida farmon imzoladi.

Hujjatda shunday deyiladi:

“2026-yil 15-mart kuni respublika referendumi oʻtkazilsin. Respublika referendumiga Qozogʻiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi loyihasi quyidagi savol bilan kiritilsin: “2026-yil 12-fevral kuni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan Qozogʻiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi loyihasini qabul qilasizmi?”

Farmon mamlakat rahbarining rasmiy saytida eʼlon qilingan.

Qozogʻiston hukumatiga Markaziy saylov komissiyasi va boshqa markaziy hamda mahalliy ijro etuvchi organlar bilan birgalikda referendumni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrish topshirildi.

Bundan avval Konstitutsiyaviy komissiya raisi, Konstitutsiyaviy sud raisi Elvira Azimova prezidentga komissiyaning 12 ta yigʻilishi natijasida yangi asosiy qonunning yakuniy loyihasi ishlab chiqilgani haqida hisobot bergan edi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud raisining oʻrinbosari Baqit Nurmuhanov yangi asosiy qonunda Konstitutsiya kuchga kirish muddatlari va 1995-yilgi Konstitutsiyaning amal qilishini toʻxtatish tartibi belgilanganini maʼlum qildi. Ayrim normalar bir palatali parlamentga oʻtish va unga saylovlar oʻtkazish tartibini ham tartibga soladi.

Amaldagi Qozogʻiston Konstitutsiyasi 1995-yilda qabul qilingan boʻlib, soʻnggi 30 yildan ortiq vaqt davomida unga bir necha bor oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер