“Tong yulduzi” yoritgan olam” kitobi taqdimoti va fotograf Ravil Albekovning koʻrgazmasi oʻtkazildi

13:53 21 May 2024 Jamiyat
490 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Toshkentda “Tong yulduzi” yoritgan olam” nomli kitob taqdimoti hamda suratkash Ravil Albekovning ijodiga bagʻishlangan suratlar koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Ushbu tadbir Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va “Tong yulduzi” gazetasi hamkorligida tashkil etildi.

Joriy yilning avgust oyida “Tong yulduzi” gazetasining 95-yilligi nishonlanadi. “Tong yulduzi” yoritgan olam” kitobi taqdimoti va uzoq yillar gazetada faoliyat yuritgan suratkash Ravil Albekovning ijodiga mansub 40 dan ortiq rasmlar koʻrgazmasi ushbu sana doirasida oʻtkazildi.

Oʻquvchilar ushbu kitobdan mamlakatimiz bolalari va oʻsmirlarining sevimli nashri “Tong yulduzi” gazetasida salkam bir asr davomida chop etilgan nasriy va nazmiy hamda publitsistikamizning bebaho javohirlaridan, uning maktabidan yetishib chiqqan taniqli yozuvchi va shoirlarning oʻquvchilik davrlaridagi unutilmas yodnomalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin.

“Tong yulduzi” gazetasi 2023-yilda “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovining “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasi boʻyicha 3-oʻrinni egalladi. “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.

Tadbir soʻnggida gazetada uzoq yillar mehnat qilgan bosh muharrirlar, faol mualliflar, shu jumladan, oʻquvchi-yoshlar va hamkorlar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер