Tomdi tumanida yuk avtomashinasini jarima maydonidan chiqartirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

10:55 26 Oktyabr 2023 Jamiyat
208 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Tomdi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda  fuqaro E.M. (muqaddam sudlangan) fuqaro H.B.ning ishonchiga kirib, unga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun toʻplangan hujjatlar boʻyicha goʻyoki IIBda ishlovchi tanishlari yordamida uning foydasiga qaror qabul qilib, yuk avtomashinasini va temir quvurlarini jarima maydonidan chiqartirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?