“Tolibon” Afgʻoniston harbiy aviatsiyasi jangovar qobiliyatini tiklamoqda

01:38 17 Dekabr 2023 Dunyo
545 0

Foto: Ijtimoiy tarmoq

“Tolibon” Afgʻoniston havo kuchlarining jangovar qobiliyatini tiklamoqda. Ular bir guruh uchuvchilar va bort muhandislarini tayyorlashga muvaffaq boʻlgan. Bundan tashqari, eski jangovar vertolyotlarni tiklash davom etmoqda.

Afgʻoniston Islom Amirligi Mudofaa vazirligi (“Tolibon” rejimining rasmiy nomi) xabar berishicha, 14-dekabr kuni mamlakat harbiy-havo kuchlarida xizmat qilishni boshlaydigan bir guruh kursantlar oʻquv kurslarini tugatgan. Ular orasida 13 nafar uchuvchi va 10 nafar bort texnik xodimi bor.

Harbiy xizmatchilar Mi-24/35 va Mi-8/17 vertolyotlarini boshqaradi va ularga xizmat koʻrsatadi.

Harbiy kuzatuvchi va Yaqin va Oʻrta Sharq boʻyicha mutaxassis Yuriy Lyamin “Tolibon” videosida namoyish etilgan harbiy vertolyotlardan birini aniqlashga muvaffaq boʻlgan. U SSSRdan Afgʻoniston Demokratik Respublikasiga yetkazilgan Mi-35 (eksport nomi Mi-24V) hisoblanadi. Sovet hukumati qulaganidan keyin vertolyotdan Shimoliy alyans, keyinroq esa Afgʻoniston milliy armiyasi foydalangan. Harbiy havo transporti yaqinda qayta tiklangan va xizmatga qaytgan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi paytlarda “Tolibon” harakati Afgʻoniston Islom Amirligi armiyasi va harbiy-sanoat kompleksi salohiyatini oshirishga harakat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?