Toyloqdagi “In vitro” laboratoriyasida yetishtirilayotgan koʻchatlarni yozda ham bemalol ochiq yerga ekish mumkin
Foto: Халқ сўзи
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Bogʻbon” agrokompleksida tashkil qilingan “In vitro” laboratoriyasining Toyloq tumanidagi filiali hisoblangan mazkur issiqxona gul shaydolarini oʻziga maftun etishi shubhasiz.
Toyloq tumani koʻchalarini gulga burkab, chiroyiga chiroy qoʻshayotgan gullarning asl “vatani” hisoblangan ushbu 2 gektarlik issiqxonada mevali va manzarali daraxt koʻchatlari zamonaviy texnologiyalar asosida vegetativ usulda yetishtirilmoqda. Loyiha doirasida 10 ta doimiy, 70 ta mavsumiy ishchi oʻrni yaratilgan boʻlib, bu yerda 800 ming donagacha payvandtag, payvandlangan koʻchatlar hamda 12 turdagi gul koʻchatlari parvarishlanadi.
— Issiqxonamizda shaftoli, oʻrik, nok, gilos, olma hamda pavloniya daraxt koʻchatlari ham mavjud, — deydi laboratoriyaning malakali mutaxassisi Oybek Sulaymonov. — Mevali daraxtlarning turli kasallik va zararkunandalardan xoli boʻlgan hamda qurgʻoqchilikka chidamli, mahalliy iqlim sharoitiga mos navlari, shuningdek, 1 gektar issiqxonada turli gul koʻchatlari yetishtiriladi. Intensiv usulidagi daraxt koʻchatlarimizning afzalligi shundaki, uni nafaqat bahor mavsumida, balki yoz oylarida ham bemalol ochiq yerga ekish mumkin.
Koʻchatlar nafaqat tuman va viloyat, balki respublika boʻylab buyurtmachilarga tarqatilmoqda. Narxlar esa hamyonbop.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring