Tik Tokdagi chellenj sabab bir oʻquvchi vafot etdi, yana biri kasalxonada

Kiyevda TikTok-dagi qirqta tabletka ichish taklif etilgan va keyin nima boʻlishini kuzatishga chaqiruv mazmunidagi chellenjdan soʻng, “Garmoniya” litseyining ikki nafar yettinchi sinf oʻquvchisi «Drotaverina» tabletkalari bilan zaharlandi.
Bu haqda tehnowar.ru nashri xabar bermoqda.
Talabalarni zaharlagan «Drotaverin» safro yoʻllari kasalliklari, siydik yoʻllari va oshqozon-ichak kasalliklari, bosh ogʻrigʻi va ginekologik kasalliklarni yoʻqotish uchun qoʻllaniladi. Dozani oshirib yuborish oʻlimga olib kelishi mumkin. Biroq dori shifokor retseptisiz beriladi.
Oʻquvchilar chellenjda qatnashish uchun dorini litsey yaqinidan sotib olib, tanaffusda qabul qilishgan. Sinfdoshlari xabar topib, shifokorni chaqirishgunga qadar bir qiz voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi qiz esa ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.
Soʻnggi paytlarda Tik Tokda oʻspirinlar uchun juda koʻp xavfli chellenjlar kuzatilmoqda. Ayniqsa ushbu tarmoqda asosan, gallyutsinatsiyalarni keltirib chiqaradigan dori-darmonlarni katta dozada qabul qilishni targʻib etadigan chellenjlar koʻpaydi. Masalan, Texasda uch nafar oʻspirin dori vositalaridan birining chellenjidan soʻng, shifokor retseptisiz sotiladigan “Benadryl” preparatini koʻp qabul qilganligi sababli kasalxonaga yotqizilgan.
TikTokda mazkur dori vositasi heshtegi ostida tarqalgan video allaqachon 5,5 milliondan ortiq marta tomosha qilingan.
Yana bir shunga oʻxshash chellenj gallyutsinatsiyalarni keltirib chiqarishni targʻib etadi, unda ikki yoki toʻrt osh qoshiq muskat yongʻogʻini sut yoki suv bilan ichish tavsiya etilgan. Mutaxassislar maʼlumotlariga koʻra, muskat yongʻogʻining bu miqdori ogʻizning qurishi, qoʻzgʻalish, gipotermiya, gallyutsinatsiyalar va baʼzi hollarda oʻlimga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Emlash roʻzani buzadimi? Fatvo hayʼati javob berdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring