Tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari, hududlarda shifokorlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi
Foto: president.uz
Beshinchi yoʻnalish – sogʻliqni saqlash muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash.
Bu borada yangi tizim joriy etiladi va 2022-2023 oʻquv yilidan:
— tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari, hududlarda shifokorlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi;
— ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik boʻyicha magistraturaga davlat grantlari 4 baravarga oshiriladi;
— 11 ta tibbiyot oliygohida olti oylik ixtisoslashgan kurslar tashkil etilib, har yili 500 nafardan oilaviy shifokorni hududlardagi eng zarur tor soha mutaxassisligi boʻyicha maqsadli oʻqitish dasturi amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida oʻqiyotgan talabalarga, yoʻllanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor boʻlib ishlashga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring