Tibbiyot oliygohlari talabalari - Samarqandda

17:16 16 Mart 2023 Jamiyat
514 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Oʻzbekiston tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari forumiga mezbonlik qilmoqda. Ikkinchi bor oʻtkazilayotgan mazkur forumda respublikadagi 9 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasasidan yuzdan ortiq talaba ishtirok etmoqda.

Tadbirning birinchi kunida milliy liboslar koʻrgazmasi, talabalar hayoti toʻgʻrisida videorolik, startap va ilmiy-innovatsion loyihalar taqdim etildi, «Zakovat» intellektual oʻyini va badminton, stol tennisi hamda voleybol boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Tibbiyotning fundamental va amaliy fanlari boʻyicha talabalarning bilim darajasini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalarini jahon va milliy tibbiyot merosiga jalb qilish, oʻzaro fikr va gʻoyalar almashinuviga imkon yaratish maqsadlari koʻzlangan forumning ikkinchi kunida sohaning yetakchi mutaxassislari maʼruzalari tinglanadi. Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Yevropa tibbiyot universiteti, Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz va Urganch filiallari va Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoalari ishtirok etadi.

Anʼanaga aylanib borayotgan mazkur forum tibbiyot oliygohlari talabalari oʻrtasida doʻstlik va birdamlik, oʻzaro hamkorlik, sohaga muhabbat, kasbga sadoqatni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?