Tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

12:34 28 Fevral 2023 Jamiyat
696 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli markaz boʻlimi bekasi B.A. fuqarolar X.N. va N.I.ning ishonchiga kirib, ularni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 400 AQSH dollari evaziga ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilib, shundan 200 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, qolgan 2 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Amudaryo tumani boʻlimlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruqxona navbatchi akusheri Sh.X. fuqaro G.Y.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 1 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Taxiatosh tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Koʻz mikroxirurgiyasi markazi mintaqaviy filialiga qarashli maslahat poliklinikasi bekasi A.D. fuqaro N.N.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Nukus shahridagi poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 10 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Uychi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, Namangan shahridagi oilaviy poliklinika hamshirasi N.R. fuqaro Yo.Oʻ.ni ushbu poliklinikaga ishga kiritib qoʻyish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?