Tibbiy niqoblar koronavirus tarqalishining oldini oladi. Ammo...
Tibbiy niqoblar samarali ravishda koronavirus tarqalishining oldini oladi, ammo xavfni toʻliq bartaraf etmaydi.
Tokio universiteti qoshidagi Tibbiyot instituti olimlari tajriba davomida xuddi shunday xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda Yaponiyaning NHK telekanali.
Taʼkidlanishicha, olimlar tibbiy niqoblarning samadorligini manekenlarning boshlarini datchiklar yordamida 50 santimetr uzoqlikdagi ajratilgan boʻshliqqa qoʻyish orqali aniqlashgan. Tajriba davomida ulardan biri atrofdagi havodan nafas olgan, ikkinchisi esa yoʻtalga taqlid qilgan holda virusni tupik koʻrinishida unga yoʻnaltirib turgan. Natijada nafas olish modelidagi matodan tayyorlangan niqobdan foydalanish infeksiyaning yuqishini 17 foizga, jarrohlik uslubidagi uch qavatli niqob 47 foizga, N95 respiratori esa 79 foizga kamaytirganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, manekanda foydalanilgan istalgan tibbiy niqob ikkinchi maneken tomonidan unga yoʻnaltirilgan virus tomchilarining yuqish darajasini 70 foizdan koʻproqqa kamaytirgan. Jarrohlik niqoblaridan foydalanish esa ikkala manekenda ham maksimal koʻrsatkichni koʻrsatgan - 80 foiz.
“Tajribalarimiz pandemiya sharoitida niqob taqishning oʻta muhimligini, ammo ularga haddan tashqari ishonmaslik kerakligini koʻrsatdi”, - deya xulosa qildi tadqiqot guruhi rahbari, professor Yosixiro Kavaoka.
Taʼkidlanishicha, koronavirusdan foydalanilgan holda tashkil etilgan ushbu tajriba birinchi marotaba oʻtkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring