Termizdan Tojikistonga insonparvarlik yordami yuki joʻnatildi
Foto: Arxiv surat
BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi qochoqlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrish tadbirlari doirasida Termiz shahridan Tojikistonga insonparvarlik yordami joʻnatdi. Bu xayrli tadbir BMTning Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasining Tojikiston hukumatiga Afgʻonistondan ehtimoliy qochoqlar oqimiga tayyorgarlik koʻrishda yordam berish boʻyicha saʼy-harakatlarining bir qismidir. Unda 40 tonnaga yaqin oilaviy chodirlar, yotoq toʻshaklari, oshxona jihozlari, poliyetilen plyonka va boshqa asosiy yordam buyumlari bor.
— BMT QOKB Tojikistondagi 30 dan ortiq milliy va xalqaro gumanitar va rivojlanish agentliklarini birlashtirgan Qochoqlarni muvofiqlashtirish modeli orqali hukumatga qoʻshimcha yordam koʻrsatish majburiyatini oladi. BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi, shuningdek, donorlarning, xususan, Yaponiya hukumati va Yevropa Ittifoqining doimiy qoʻllab-quvvatlashini qadrlaydi, — dedi BMT QOKBning Tojikistondagi vakili Mulugeta Zevdi. — Ushbu insonparvarlik yordami Yaponiya hukumatining 700 000 AQSH dollari miqdoridagi hissasi va 500 000 yevro miqdorida ajratgan insonparvarlik yordami tufayli amalga oshirildi.
Maʼlumot oʻrnida. Bu insonparvarlik yuklari Oʻzbekiston hukumati koʻmagida BMT QOKBning Termizdagi yuk saqlash markazidan joʻnatildi. Termiz yuk saqlash markazi Afgʻonistondagi vaziyatdan jabrlangan Afgʻoniston, Eron va Markaziy Osiyo mintaqasiga asosiy yordam buyumlarini oldindan joylashtirish va tezkor yetkazib berishni yaxshilash uchun logistika va favqulodda vaziyatlarga javob beruvchi maskan hisoblanadi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring