Termizdan Samarqandga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, aholiga qulay transport xizmatini taqdim etish maqsadida Termiz va Samarqand shaharlari oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Har kuni yoʻlovchilar Termiz avtoshohbekatidan zamonaviy va barcha qulaylikka ega boʻlgan avtobusda Qarshi orqali Samarqandga borishi taʼminlanadi.

Yangi qatnov nafaqat yoʻlovchilar uchun arzon va qulay transport imkonini beradi, balki Surxondaryo va Samarqand viloyatlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlab, tarixiy shaharlarga safarlarni osonlashtiradi. Qarshi va Samarqand kabi shaharlarga jamoat transporti qatnovi ichki turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Transport boshqarmasi rahbariyatining taʼkidlashicha, ushbu yoʻnalishda harakatlanadigan avtobuslar sifatli va xavfsiz xizmat koʻrsatishga moʻljallangan, shu bilan birga, jamoat transportiga boʻlgan ehtiyojni qondirish va turizm imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring