AQSH Lotin Amerikasida narkokartellarga qarshi quruqlikdagi harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi
AQSH qurolli kuchlari yaqin orada Lotin Amerikasi mamlakatlarida narkokartellarga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyalarni boshlashi mumkin. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi, deb yozadi TASS.
— Endi navbat — quruqlikka. Ehtimol, bu masalada Senat va Kongressni xabardor qilamiz, ammo ular bunga qarshi chiqishlarini tasavvur qilolmayman. Quruqlik orqali tashiladigan giyohvand moddalar masalasiga kelsak, bu [tashkilotlar uchun] ancha xavfli. Bu yanada jiddiyroq boʻladi. Tez orada bunga guvoh boʻlasizlar, — deyiladi Tramp bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tramp giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash doirasida Markaziy razvedka boshqarmasiga (MRB) Venesuela hukumatiga qarshi “tajovuzkor choralar” koʻrish vakolatini bergan edi.
Shuningdek, AQSH maʼmuriyati ilgari MRBga Venesuelada maxfiy operatsiyalar oʻtkazishga ruxsat bergan boʻlib, bu qaror Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan chetlatish maqsadiga yoʻnaltirilgan bosim kampaniyasining bir qismi sifatida baholanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring