Termizda tibbiyot klasteri tashkil etiladi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termiz shahrida Oʻzbekiston — Hindiston qoʻshma korxonasi “NOVA PHARM” bosh direktori Satvinder Singx hamda uning hamkorlari Vikas Panvar va Namrita Singx mehmon boʻlib turibdi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning mehmonlar bilan uchrashuvida farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar viloyat markazida universitet va zamonaviy klinikalarni oʻz ichiga olgan tibbiyot klasteri tashkil etish loyiha-taklifini taqdim etishdi. Mazkur loyiha Surxondaryo viloyatida tibbiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, sohaga malakali mutaxassislarni tayyorlash va aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy masalalarni hamkorlikda hal etish va oʻzaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring