Termizda “Talabalar bahori” yoshlar festivali boshlandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Farhod Esonov/“Xalq soʻzi”. Bugun Termiz shahrida Surxondaryo tajribasi misolida “Talabalar bahori” yoshlar festivali boshlandi.
Festival dasturidan bir qator tadbirlar va musobaqalar oʻrin olgan. Jumladan, talabalar oʻrtasida “Hashar — biz yoshlarga yarashar” shiori ostida “Har bir yoshga bir nihol” loyihasi, “Muzeylar — yoshlar nigohida” tadbiri, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, “Zakovat” intellektual oʻyini, “Baxshichilik”, “Chanqovuz” va “Sibizgʻa” ijrochiligi boʻyicha bellashuvlar, ommaviy yugurish marafoni, “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni, velomarafon, mini-futbol, kurash, kamondan oʻq otish, badiiy gimnastika, voleybol, stol tennisi, shaxmat, armrestling, tosh koʻtarish, arqon tortish kabi sport musobaqalari, “Ekologik loyihalarni amalga oshirilishida chet el tajribasi” mavzusida xorijda oʻqiyotgan yoshlar bilan Zoom platformasi orqali muloqot, “Ijodimda Vatan timsoli” yosh rassomlar va tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazma-tanlovi va pazandachilik bahslari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Festival tanlovlari gʻoliblari va faol ishtirokchilari pul va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, taniqli sanʼatkorlar ishtirokida gala konsert, mushakbozlik va lazer shou tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring