Termizda “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi oʻtkazildi

Termiz shahrida yoshlar kasbiy rivojlanishi va bandligini taʼminlash maqsadida yirik “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylandi.
Shahar markazidagi Bobur nomidagi istirohat bogʻida oʻtkazilgan koʻrgazmada viloyatdagi 6 ta oliy taʼlim muassasasi talabalari tomonidan yaratilgan ilmiy-amaliy ishlar, innovatsion gʻoyalar va startap loyihalar namoyish qilindi. Ish beruvchi tashkilotlar esa boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.
Tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari, viloyat hokimligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil qilindi.
Koʻrgazma ochilishida yoshlarning bandligini taʼminlash davlat siyosatidagi ustuvor vazifa ekani taʼkidlanib, “TalabaExpo – 2025” muhim bosqich boʻlib xizmat qilishi haqida soʻz yuritildi.
— Loyiha oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash va tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish uchun moliyaviy yordam koʻrsatishga qaratilgan, — deydi “Oʻzmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov. — Tadbir doirasida 9 ming 837 nafar talaba va bitiruvchi ishtirok etdi, 116 ta tadbirkorlik subyekti oʻz amaliy takliflarini taqdim qildi. Shuningdek, 1 ming 058 nafar yosh shu yerning oʻzida ishga joylashishga muvaffaq boʻldi, 43 nafari esa oʻz biznes gʻoyalari asosida tadbirkorlikka ilk qadam qoʻydi.
“TalabaExpo–2025” koʻrgazmasi yoshlarning salohiyatini namoyon etish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga muvaffaqiyatli integratsiyalashtirish uchun muhim imkoniyat yaratdi. Bunday loyihalar viloyatda yoshlarning kasbiy oʻsishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishini taʼminlaydi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring