Termiz xalqaro aeroporti vaqtincha faoliyatini toʻxtatadi

22:56 19 Oktyabr 2022 Jamiyat
662 0

2022-yil 1-noyabrdan 25-dekabrgacha Termiz xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik koʻrish munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishni vaqtincha toʻxtatadi.

Ayni paytda uzunligi 3000 metr va eni 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilishi toʻliq yakunlandi. Deyarli ikki oy muddatda yurish yoʻlaklarini yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi va perron bilan ulash, shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qoʻnish tizimlarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер