“Tengiz” – “Eng yaxshi ayol”ni kashf etdi
Hamdoʻstlik mamlakatlarining “Moskva premerasi” (Moskovskaya premyera) xalqaro kinofestivalida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan “Tengiz” badiiy filmi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida mukofot bilan taqdirlandi.
Mazkur filmda bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar va turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining urf-odatlari, madaniyati, Orol dengizining taqdiri, moʻynoqliklar ichki kechinmalari ifodalangan.
Ushbu film, asosan, Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Yerniyozova va uning jasoratiga bagʻishlanadi. Filmda badiiy toʻqimalar mavjud. Lekin film syujetiga bu ayolning tushkunlikka tushmay tikuvchilikni oʻrganib, tadbirkorga aylangani, yoshlarga ibrat boʻlayotgani, iroda va matonati asos qilib olingan. Baxtsiz hodisa tufayli oʻng oyoq-qoʻlidan ajralgan Tengiz ismli kelinning bir zumda toʻkis koʻringan baxtidan ayrilishi haqidagi voqea bilan boshlansa, filmda kelgusi sahnalar ancha koʻtarinki tus oladi. Toʻgʻri, u sevgan yoridan, baxtidan voz kechadi, lekin oʻzining tirishqoqligi va mehnati tufayli yana hayotga qaytadi.
Film ssenariyi mualliflari Gʻafur Shermuhammad va Shuhrat Rizayev, postanovkachi operator — Dilmurod Turdiboyev.
Rollarda: Sitora Farmonova, Koʻpjursin Allanazarov, Roza Piyazova, Feruza Saidova, Lizaxon Haqnazarova va boshqalar.
Eslatib oʻtamiz, bundan avvalroq mazkur festivalda oʻzbek rejissyori Qamara Kamalova xalqaro kinematografiya hamkorligiga qoʻshgan hissasi uchun faxriy mukofot bilan taqdirlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring