Temir yoʻllarda pochtani tashish va pochta vagonlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

18:55 06 Yanvar 2024 Siyosat
535 0

Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida pochtani temir yoʻllarda tashish hamda pochta vagonlaridan foydalanish, shuningdek, ularga texnik xizmat koʻrsatishning yagona tartibini belgilaydi.

Pochtani temir yoʻllarda tashish va pochta vagonlaridan foydalanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Transport toʻgʻrisida” va “Pochta aloqasi toʻgʻrisida«gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli qarori Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Temir yoʻllarda pochta tashish, pochta vagonlaridan foydalanish milliy operator bilan tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?