Temir yo‘l transporti tizimiga oid qonun ma’qullandi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining ellik sakkizinchi yalpi majlisida “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonun qizg‘in muhokama etildi.
Qonunda temir yo‘l transporti tizimi zamonaviy bozor modeli talablariga muvofiq aks ettirilmoqda.

Mazkur hujjat transport sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoit yaratish, xorijiy investisiyalarni keng jalb etish va temir yo‘l transporti tashuvlari sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan.
Qonunda “temir yo‘l transporti” tushunchasi qayta ko‘rib chiqilib, yangi tahrirda bayon etilmoqda. Bunda respublikaning temir yo‘l transporti umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transportiga ajratilmoqda.

Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l infratuzilmasidan foydalanish tartibi va infratuzilma operatori faoliyati tartibga solinmoqda hamda tashuvchilarning huquq va majburiyatlari mustahkamlanmoqda.
Qonun bilan temir yo‘l transportida bozor tamoyillari asosida erkin shakllantiriladigan tariflar aniq belgilanayotgan bo‘lib, unga ko‘ra yuk vagonlarini taqdim etish, yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilib, bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmi joriy etilmoqda.

Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashishdan tashqari) ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlarni Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etilmoqda.
Temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga investisiyalarni jalb qilishning aniq yo‘nalishlari Qonunda belgilanib, umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘llar hamda vokzallarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish manbalari aniq qayd etilmoqda.

Qonun bilan temir yo‘lda davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratilmoqda. Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi va Transport inspeksiyasi vakolatlari aniq belgilab berilmoqda.
Qonun sohada raqobat muhitini yaratish, fuqarolarning temir yo‘l transportida harakatlanishida sifat darajasini oshirish, yo‘lovchi va yuklarni xavfsiz tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish va temir yo‘l transporti tashuvlari sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.





Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring