Telegramʼga yangi funksiya qoʻshildi
Kuni kecha, 5-oktyabr kuni Telegramʼda boshqa foydalanuvchilarga berilishi mumkin boʻlgan “sovgʻalar” paydo boʻladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov oʻzining Telegramʼdagi kanalida maʼlum qildi.
“Sovgʻalar — yaqinlaringizni muhim voqealar bilan tabriklashning ajoyib usuli. Sovgʻa oluvchilar ularni oʻz profillarida koʻrsatish yoki yulduzlarga almashtirishi mumkin”, deb yozdi Durov.
Uning taʼkidlashicha, keyinchalik sovgʻalar TON asosidagi NFTlarga aylantirilishi va messenjerdan tashqarida sotilishi mumkin. Shuningdek, Telegram asoschisi keyinroq oshkor qiladigan boshqa yangiliklar ham borligiga ishora qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring