“Telegram” nega yuz minglab guruh va kanallarni blokladi?

“Telegram” oʻz saytida messenjer siyosati yoki qonunlariga mos kelmaydigan hamda buzgʻunchi kontentlar tarqatilgan yuz minglab kanallarni bloklagani haqida xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yilda messenjerda jami 15,3 millionta guruh va kanallar bloklangan.
“Telegram” har kuni oʻn minglab guruhlar va kanallarni bloklaydi hamda uning xizmat koʻrsatish shartlarini buzuvchi millionlab kontentni, jumladan, zoʻravonlikka chaqiriqlar, bolalarga nisbatan zoʻravonlik materiallarini tarqatish va noqonuniy mahsulotlarni sotish kabi kontentlarni oʻchirib tashlaydi“, deyiladi xabarda.
Joriy yil davomida bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik mavzusiga oid materiallarni oʻz ichiga olgan deyarli 702 ming guruh, shuningdek, terrorchilik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan 129 mingga yaqin guruh va kanallar bloklangan.
Bundan tashqari, terrorizmga oid 100 milliondan ortiq kontent yoʻq qilingan.
Messenjer 2015-yildan boshlab foydalanuvchilardan shikoyatlarni qabul qilish hamda maxsus monitoring usullarini amalga oshirib kelmoqda. “Telegram” 2022-yildan beri ekstremistik mafkuraga qarshi kurash global markazi bilan ham hamkorlik qiladi. 2024-yildan boshlab sunʼiy intellektga asoslangan moderatsiya vositalari ham joriy etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring