Tel-Avivda katta mojaro: Netanyahuning yordamchisiga sirli hujjatlarni sizdirib yuborgan boʻlishi mumkin
Foto: Regnum
Isroil prokuraturasi Binyamin Netanyahuning yordamchisi Eliezer Feldshteynni sirli hujjatlarni ommaviy axborot vositalariga tarqatganlikda ayblamoqchi. Bu haqda Germaniyaning DW nashri xabar bergan.
Maʼlum boʻlishicha, bu hujjatlar mamlakatdagi hukumatga qarshi namoyishlarning XAMAS harakatini kuchaytirishini koʻrsatish maqsadida tarqatilgan deb taxmin qilinyapti. Prokuratura Feldshteynni hibsda qoldirishni soʻrab, besh kun ichida ayblov eʼlon qilishni rejalashtirgani aytilgan.
Sud hujjatlariga koʻra, 6-sentyabr kuni xorijiy nashrlar XAMASning garovdagi shaxslarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarga boʻlgan pozitsiyasi haqida maqolalar eʼlon qilgan. Ushbu maqolalarda Isroil armiyasining razvedka tizimidan noqonuniy ravishda olingan sirli maʼlumotlar ishlatilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu ayblovlar ortidan Eliezer Feldshteyn 2-noyabr kuni hibsga olingan va unga yana toʻrt kishi ham sheriklikda gumon qilingan.
Ayblovga koʻra, bu maʼlumotlar omma orasida hukumatga qarshi namoyishlarni XAMASga foyda keltirayotganligini koʻrsatish uchun tarqatilgan. Baʼzi gumon qilinuvchilar uy hibsiga oʻtkazilgan boʻlsa, Netanyahuning yordamchisi hali ham qamoqda saqlanmoqda. Mazkur hodisa Isroildagi siyosiy tanqid va muhokamalarga sabab boʻldi.
Xabar berilishicha, Isroilda garovdagi shaxslarni ozod qilish talabi bilan namoyishlar oʻtkazilmoqda. Ushbu namoyishlarda fuqarolar Binyamin Netanyahuning isteʼfosini talab qilishmoqda. “Ayni paytda, bu siyosiy va harbiy keskinlik hukumatga boʻlgan ishonchni yanada tushirishga sabab boʻlgan”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring