Tekinga oʻyinchoq va muzqaymoq tarqatilishi ortidan “Ashxobod” bogʻi rahbari qamaldi

12:40 02 Iyun 2024 Jamiyat
645 0

Foto: Toshkent shahar IIBB

Kecha, 1-iyun kuni Toshkent shahrida tekinga oʻyinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqidagi xabarlar ortidanAshxobodbogʻi va uning atrof hududida katta tirbandlik hamda tiqilinch yuzaga keldi.

Foto: Videodan kadr

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat boʻyicha bogʻ direktori, uning oʻrinbosari va reklama boʻlimi boshligʻiga 15 sutka qamoq jazosi berilgan.

Manbaga koʻra, 1-iyun kuni soat 12.00 da Toshkent shahridagiAshxobodkoʻngil ochar bogʻida tekinga 20 mingta oʻyinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqida bogʻ maʼmuriyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda reklama chiqarilgan.

Biroq, bir vaqtning oʻzida oʻyinchoq oluvchi va kuzatuvchilar bilan taxminan 40 ming nafar fuqaroni bogʻ hududida jamlashning imkoni boʻlmasligi, yoʻl harakati va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash talablarga javob bermasligi sababli bu tadbirni oʻtkazmaslik haqida bogʻ rahbariyati ogohlantirilgan.

Lekin bogʻ maʼmuriyati ommaviy tadbirlarni oʻtkazish talablariga rioya etmasdan, tekinga oʻyinchoqlar tarqatilishi haqidagi reklamani ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib, bogʻ hududida va uning atrofida aholini ommaviy ravishda toʻplanishiga sababchi boʻlgan va bu harakati orqali fuqarolarga xavf tugʻdirgan.

Natijada bogʻ hududiga kirish/chiqish va ayrim ichki yoʻnalishlarida tiqilinch vaziyat hamda boqqa olib keluvchi va yaqin avtomobil yoʻnalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning saʼy harakati bilan bu tirbandliklar bartaraf etilib, fuqarolar tinch tarqatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan bogʻ direktori — 1981-yilda tugʻilgan A.N., direktor oʻrinbosari — 1987-yilda tugʻilgan A.Z. va reklama boʻlimi boshligʻi — 1994-yilda tugʻilgan D.T.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 185-3, 200-1 va 201-moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudi tomonidan ushbu fuqarolarga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

IIBBning qoʻshimcha qilishicha, ommaviy tadbirni oʻtkazishga ruxsat olish uchun bir oy oldin murojaat qilish lozim, ruxsat berilmagan ommaviy tadbirni oʻtkazish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер