Teatrda yangi spektakl namoyishi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Prezidentimizning “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida sahna asarlarining aholi maʼnaviyati yuksalishidagi oʻrni, teatr faoliyati koʻplab sohalarni qamrab olishi, zamon qahramonlarini sahnaga olib chiqish bugungi kuning dolzarb vazifasi ekanligi taʼkidlab oʻtilgan. Shu bois yurtimiz teatrlarida yuksak saviyadagi asarlar yaratish, tomoshabinlarni teatrga jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Samarqand viloyati musiqali drama teatrida taniqli adib va dramaturg Qoʻchqor Norqobilning “Odamga yordam bering!” nomli sahna asari namoyishi boʻlib oʻtdi. Asarni rejissyor Alijon Hasanov sahnalashtirgan. Spektakl oʻz kasbini qismat deb bilgan fidoyi shifokor va hamshiralar haqida. Dramada yurt boshiga pandemiya balosi yogʻilgan kezlarda hayot-mamot sinovida matonat koʻrsatgan tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnati, hayotini xavf ostiga qoʻyib bemorlar umrini saqlab qolishga jazm qilgan kishilarning jasorati yuksak darajada oʻz ifodasini topgan. Inson qadri, odamiylik, tiriklik mohiyati ulugʻlangan sahna namoyishidagi voqelik va hayotiy manzaralar tomoshabin qalbini larzaga soladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring