Tataristonda “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkaziladi

12:18 11 Mart 2024 Jamiyat
679 0

Joriy yil 13-15-mart kunlari Tataristonda “Oʻzbek kinosi kunlari” tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Kinematografiya agentligi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, tadbirlar davomida “Ilhaq”, “Abdulla Oripov”, “Oʻzbek qizi” “Kim deyay seni?” va ”Yasha, xotin!” badiiy filmlari namoyish etiladi.

Ushbu tadbirlar Tatariston Madaniyat vazirligi va “Tatarkino” davlat muassasasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?