Tatariston Respublikasi Raisi Navoiy viloyatida
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Keyingi yillarda Oʻzbekiston va Rossiyaning koʻp qirrali hamkorligi rivojida hududlararo aloqalarga alohida eʼtiborga molik yaqin va jadal hamkorlik sifatida qaralib, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aniq yoʻnalishlar asosida rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda.
Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanovning Navoiy viloyatiga navbatdagi tashrifini ushbu hamkorlik aloqalarining samarasi sifatida eʼtirof etish mumkin.
Martabali mehmon tashrif avvalida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamrohligida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi sanoat parkida boʻlib, uning birinchi inshootidagi qurilish ishlar bilan tanishdi.
— Ushbu texnopark qurilishining tamal toshi oʻtgan yilning oktyabr oyida Qozon shahrida oʻtkazilgan mintaqalararo forumda qoʻyilgan, oʻshanda “Kipmaster” AJ bilan Navoiyda maxsus industrial park bunyod etish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi, — deydi Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi Elbek Gʻafforov. — Umumiy qiymati 251 million AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu majmuada 19 ta loyiha amalga oshiriladi. Bugun uning 40 ming kvadrat metr maydon ajratilgan birinchi inshootida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Majmuadagi oziq-ovqat sanoati uchun turli qadoqlash mahsulotlari tayyorlashga ixtisoslashgan loyiha shulardan biri boʻlib, uning doirasida yiliga 1,5 milliard dona alyumin bankalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. 200 nafardan ortiq kishi ish oʻrniga ega boʻladi.
Tatariston Respublikasi Raisi maxsus industrial parkdagi boshqa loyihalar bilan ham tanishtirilib, ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi.
Shundan soʻng hududlararo savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi yoʻnalishlar asosida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor jihatlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi. Sanoat parki va erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirishda hamkorlikning yangi istiqbolli loyihalari muhokama etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring