Tasmuradov va Abdullayev bugun uchinchi Olimpiadasi uchun yeng shimarmoqda
Qozogʻistonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatining uchinchi kun bellashuvlari start olmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun musobaqaning uchinchi kun dasturida yunon-rim kurashi boʻyicha -60, -77 va -130 kilogramm vazn toifalarida saralash bahslari oʻtkaziladi. Ushbu vazn toifalarida Elmurat Tasmuradov (-60 kg) va Moʻminjon Abdullayev (-130 kg) uchinchi, Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) esa ilk Olimpiadasi uchun harakat qiladi.
-60 kg: Elmurat Tasmuradov – Gevorg Gʻaribyan (Armaniston)
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Tamash Lorins (Vengriya)
-130 kg: Moʻminjon Abdullayev – Miloslav Metodiyev (Bolgariya)
Kechki dasturda Tokio-2020 Olimpiadasiga yoʻllanma olgan vakilimiz Rustam Assakalov (-87 kg) bronza medali uchun kurash olib borsa, Jahongir Turdiyev (-97 kg) yaponyalik Yuta Nara bilan oʻtish bosqichida qatnashadi. Taʼkidlash joiz, Turdiyev uchinchi oʻrin uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻlsa, u ham kelasi yil Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring