Tashabbus hamqishloqlardan chiqdi

11:37 18 Noyabr 2024 Jamiyat
278 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Azimobod Oltiariq tumanidagi eng chekka hududlaridan birida joylashgan mahalla boʻlsa-da, keyingi yillarda har jihatdan rivojlanib, obod va fayzli maskanga aylanib borayotgani eʼtiborga sazovor.

Ayni paytda Azimoboddagi 1879 ta oilada 6 ming aholi istiqomat qiladi. Uzumchilik va sabzavotchilik mahalla drayveri, bugungi kunda hududda jahon bozorida xaridorgir boʻlgan kavrak yetishtirish tobora ommalashib borayotir. Azimobod viloyat, respublika miqyosida samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan maʼrifatparvar ziyolilari, tadbirkorlari bilan ham tanilgan.

— Oltiariq tumani ikkinchi sektori rahbari, tuman prokurori Rustamjon Tillayev hamda hamqishloqlar tashabbusi bilan soʻnggi yillarda Azimobod zamonaviy qulayliklarga ega shaharchaga aylanib borayotgani quvonarlidir, — deydi “Azimobod”MFY raisi Abdugʻaffor Miraminov. — Ezgu tashabbuslar doirasida mahalladagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi taʼmirdan chiqarildi. 4,5 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga 240 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilib, bundan 45-yil oldin bunyod etilgan bogʻchaning qamrov imkoniyati kengaytirildi.

“Mahalla yettiligi” uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida 350 mln. soʻm homiylik mablagʻlari hisobidan mahalla binosi qayta taʼmirlandi. Eskirib ketgan 16 ta kichik, 2 ta katta koʻpriklar yangidan qurilishi uchun 400 mln. soʻm homiylik yordami jalb etildi.

Davlat mablagʻlari hisobidan 1 km ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, 1,5 km elektr tarmoqlari yangilandi. Qishloq ahli “Tashabbusli byudjet” loyihasida 2,7 km ichki yoʻllarni asfalt qilish boʻyicha gʻolib boʻlgandi. Homiylar koʻmagida yana 1,3 km qoʻshilib, 4 km ichki yoʻllar asfaltlashtirildi. 2 km dala yoʻliga shagʻal yotqizildi.

Belgilangan yumushlarning yakuniga yetkazilishi Azimobodda katta tantana sifatida nishonlandi. Shu kuni 18 nafar kam taʼminlangan oila farzandlariga xatna toʻylari oʻtkazilib, toʻy bolalarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Estrada xonandalari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер