Tarjima qilish va hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarni tayyorlab berish xizmati yoʻlga qoʻyildi

16:00 10 Avgust 2023 Jamiyat
283 0

Onlayn shaklda arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi matnlarni tarjima qilish va hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarni tayyorlab berish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev maʼlum qildi.

Buning uchun:

Ariza beruvchi YAIDXPda roʻyxatdan va/yoki avtorizatsiyadan oʻtadi va soʻrov yuboradi;

Shakllangan invoys boʻyicha toʻlov amalga oshiriladi;

Vakolatli organ tomonidan tayyorlangan elektron maʼlumotlar taqdim etiladi.

Shuningdek, arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) xizmati ham joriy qilindi. Bunda:

Ariza beruvchi YAIDXPda roʻyxatdan va/yoki avtorizatsiyadan oʻtadi va soʻrov yuboradi;

Shakllangan invoys boʻyicha toʻlov amalga oshiriladi;

Vakolatli organ tomonidan QR-kodli annotatsiya beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?