Tarixda ilk bor oʻzbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qoʻmitasiga tayinlandi

15:56 12 Oktyabr 2025 Sport
191 0

Foto: O‘FA

Oʻzbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Ravshan Irmatov FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qoʻmitasining rais oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

FIFA Kengashining qaroriga koʻra, FIFA Kengashining qaroriga koʻra, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov 2025–2029-yillar uchun ushbu qoʻmitaning rais oʻrinbosari etib tayinlangan. Qoʻmitaga FIFAning Futbol texnologiyalari boʻyicha direktori Yoxannes Holsmyuller rahbarlik qiladi.

Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qoʻmitasi (Football Technology, Innovation and Digital Transformation Committee) — futbolni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirishga qaratilgan eng muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi. Qoʻmita VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sunʼiy intellekt kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan oʻtkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi.

Shuningdek, OʻFA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qoʻmitasiga (Beach Soccer Committee), OʻFA ayollar futbolini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari oʻrtasidagi musobaqalar qoʻmitasiga (Womenʼs National Team Competitions Committee) tayinlangan.

Soʻnggi paytlar OʻFA FIFA bilan hamkorlikda koʻplab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Oʻzbekiston 2024-yilda ilk bor FIFA miqyosidagi futzal boʻyicha Jahon chempionatini qabul qilgan boʻlsa, 2027-yilga kelib yoshlar oʻrtasidagi mundialga mezbonlik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер