Tarixda ilk bor Oʻzbekiston tarixiga oid noyob eksponatlar Britaniya muzeylarida namoyish etiladi
Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Guardian” gazetasida “Asr koʻrgazmasi: Oʻzbekistondan Londongacha boʻlgan Ipak yoʻli” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.
Nashrda Britaniya muzeylarida ilk bor VII asrda yaratilgan olti metr uzunlikdagi monumental devoriy surat, shuningdek, VIII asrga oid fil suyagidan yasalgan dunyodagi eng qadimgi shaxmat doskasi kabi Samarqand muzeylari kolleksiyalaridan namunalar namoyish etilishi taʼkidlagan.
Maʼlum qilinishicha, eksponatlar joriy yilning sentyabr oyida ochiladigan koʻrgazma uchun qadimiy Samarqand shahridan Buyuk Britaniyaga yetkaziladi. “Tarixda birinchi marta Oʻzbekiston muzeylaridagi eksponatlar Britaniyaga keltirilmoqda”, deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, ushbu koʻrgazmada 300 dan ortiq eksponatlar 29 ta milliy va xalqaro muassasalar tomonidan taqdim etiladi.
“Tuya, ot va fil minayotgan odamlar tasvirlangan olti metrli devoriy surat Samarqanddagi muzeyning «Elchilar zali”da joylashgan. 660-yillarga oid va 1960-yillarda topilgan ushbu qadimiy surat mintaqada yirik savdogarlar boʻlgan qadimgi soʻgʻdlar tomonidan yaratilgan noyob sanʼat namunasidir», deya taʼkidlagan “The Guardian”.
Maqolada, shuningdek, 2025-yilning fevraliga qadar davom etadigan ushbu koʻrgazma chiptalari yaqin kunlarda sotuvga chiqarilishi xabar qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring